Заявления

.

3-15 yoshdagi bolalarni yod va 2-10 yoshdagi bolalarni gelmintozga (gijja kasalligiga) qarshi preparatlar bilan bepul taʼminlash tartibi

30 апрель 2025 год
image

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Ryespublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2023-yil 28-avgustdagi tegishli qoʻshma qaroriga asosan, “Oʻzbekistonda 3-15 yoshdagi bolalarni yod va 2-10 yoshdagi bolalarni gelmintozga (gijja kasalligiga) qarshi preparatlar bilan bepul taʼminlash tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma tasdiqlangan.

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora- tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 10-noyabrdagi PQ-4887-son qaroriga muvofiq 3-15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan va 2-10 yoshdagi bolalarni gelmintozga qarshi preparati bilan bepul taʼminlash tartibini belgilaydi.

Respublikadagi umumtaʼlim maktab oʻquvchilari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga ushbu qarorda nazarda tutilmagan boshqa dori vositalarini berish taʼqiqlanadi.

 

 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu